
Fabritsio Romano: “Bavariya” bugun ajoyib transferni e’lon qiladi
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning "Bavariya"ga o‘tishi deyarli yakunlandi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, nemis klubi 22 yoshli gollandiyalik bilan allaqachon shartnoma imzolangan. Bugun, 19 iyul kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng u jamoa mavsumoldi yig‘inini o‘tkazayotgan AQShga uchib ketadi. Katta ehtimol bilan turinliklar futbolchi bilan shartnoma imzolaganini bugun ma’lum qiladi.
Avvalroq, De Ligtni sotib olish "Bavariya"ga bonuslarni hisobga olmaganda 70 million evroga tushishi xabar qilingandi. Futbolchi bilan shartnoma 2027 yilganing yoziga qadar amal qiladi.
De Ligt o‘tgan mavsum "Yuventus"ning barcha musobaqalar doirasidagi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali himoyachining narxini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar