Fabrizio Romano Klopp va “Real” oʻrtasidagi vaziyatni ochib berdi
Taniqli insayder Fabrizio Romano germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppning “Real” bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, vaziyatga oyidnlik kiritdi.
Ayni paytda madridliklar jamoasini Xabi Alonso iste’fosidan keyin bosh murabbiy etib tayinlangan Alvaro Arbeloa boshqarmoqda.
- Agar mendan Yurgen Kloppning keyingi taqdiri haqida so’rasangiz, u hali ham “Red Bull” loyihasi bilan juda band ekanini unutmang. U to’liq shu ishga e’tibor qaratgan.
“Real”ga kelsak, men sizlarga aytishda davom etaman: avval Arbeloa bilan nima bo’lishini ko’raylik. Chunki Alvaro hozir juda yaxshi ishlayapti. Avval u La Ligada o’zini yaxshi ko’rsatdi, endi esa Chempionlar ligasida, pley-offda “Benfika”ga qarshi birinchi o’yinda ham ishonchli o’qiladi.
Bu — birinchi qadam.
Ikkinchi qadam: “Real” rahbariyatida Kloppni juda qadrlaydigan odamlar borligini e’tibordan qochirmaslik kerak. Lekin hozircha menda to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar, rasmiy takliflar yoki aniq muhokamalar haqida boshqa ma’lumotlar yo’q. Bugungi holat mana shunday, - dedi Romano o’zining YouTube kanalida.

Fikrlar