Fabritsio Romano: Milinkovich-Savich "Al-Hilol"ga o‘tadi

  • 11 iyul, 2023, 22:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" vakili Sergey Milinkovich-Savich "Al-Hilol"ga o‘tmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Tomonlar 40 million evrolik kelishuvga erishdi. Futbolchi bilan esa 3 yillik bitim imzolandi. U yiliga 25 million evro maosh oladi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. U klubning Nevishdan keyingi katta transferi bo‘lishi kutilmoqda. 

"Al-Hilol" bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Keyingi nishon "Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva bo‘lishi kutilmoqda. Unga yillik 50 million evrolik taklif berilgani haqda mish-mishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!