Fabritsio Romano: Xaverts "Arsenal"ga o‘tdi

  • 21 iyun, 2023, 17:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda "Arsenal" "Chelsi" bilan hujumchi Kay Xavertsning transferi shartlarini kelishib olganini tasdiqladi. Manba bergan xabarga ko‘ra, bugun jamoalar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qilishgan.

Tecno

Haverts “Arsenal”ga 55 million evroga tushadi, ammo “kanonirlar” nemis futbolchisi uchun kelajakda bonus sifatida yana 20 million evro to‘lashi mumkin. Kayning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari ancha oldin kelishilgan edi.

Germaniyalik forvard "Arsenal"ning ushbu oynadagi birinchi transferi bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!