FAKT! Bu mavsum Xebay golda ishtirok etgan o‘yinlarda "Andijon" ochko yo‘qotmagan

CHERY AUTO

Ayni paytda O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi davom etmoqda. Unda andijonliklar Rubin Xebayning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. 

Qizig‘i, joriy mavsum "burgutlar" albaniyalik legioner gol urgan yoki assist qilgan bahslarda faqat 3 ochkoni qo‘lga kiritgan. Dastlabki turda hujumchi "Nasaf"ga qarshi o‘yinda yagona golga hammualliflik qilgan. "Metallurg" yanchib tashlangan uchrashuvda esa u xet-trik qilish bilan birga yana bir golga assistentlik vazifasini bajargan.

"Andijon" - "So‘g‘diyona" o‘yinidan onlayn hisobni quyidagi link orqali kuzatib borishingiz mumkin: "Andijon" - "So‘g‘diyona": Onlayn hisob.

 

Shohrux Zoirov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!