Fakt! "Bunyodkor" faqatgina 4 bor "Navbahor" maydonidan g‘alaba bilan qaytgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 26 marotaba kuch sinashishgan. 17 ta o‘yinda “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

“Navbahor”  4 ta o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritgan. Beshta uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 51:17, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2009 yili kuzatilgan. O‘sha yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. 

Namanganda bo‘lib o‘tgan 13 ta o‘yinning 4 tasida mezbonlar,  5 tasida esa mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda  esa g‘olib aniqlanmagan.

O‘tgan mavsumda Namanganda o‘tkazilgan har 2 o‘yinda ham “Navbahor” zafar quchgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi bahs 6 aprel kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!