
FAKT! Jasur Hasanov O‘zbekiston chempionatlaridagi o‘yinlari sonini 500 taga etkazib oldi (foto)
Ayni payt Zominda "So‘g‘diyona" va "Metallurg" jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda.
Unda jizzaxliklarni sardor sifatida maydonga Jasur Hasanov boshlab tushdi. Bu Hasanovning O‘zbekiston chempionatlaridagi 500-o‘yini sifatida tarixga kirdi. Shu munosabat bilan "So‘g‘diyona" futbolchini alohida sovg‘a-salomlar bilan uni tabrikladi.
Quyida O‘Zbekiston chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin.
1. Asror Aliqulov - 520
2. Anvar Berdiev - 505
3. Jasur Hasanov* - 501
4. Ignatiy Nesterov - 493
* Yuqoridagilardan faqat Hasanov faoliyatini davom ettirmoqda va u o‘z natijalarini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Hasanov ayni payt 39 yoshda hisoblanadi. U faoliyati davomida "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK, "Nasaf" va yana bir qator nomdor klublarda to‘p tepgan.
Fikrlar