FAKT! "Nasaf" "Bunyodkor"ga qarshi oxirgi 3 o‘yinda 10 ta gol urgan

  • 17 aprel, 2023, 15:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 6-tur doirasida doirasida Toshkentning "Bunyodkor" va Qarshining "Nasaf" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 18:10 da start oladi. 

Ahamiyatlisi, ushbu klublar o‘rtasidagi oxirgi 3 bahsda "ajdarlar" raqib darvozasiga naq 10 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu har bellashuvda o‘rtacha 3 tadan golga to‘g‘ri keladi. 

"Qaldirg‘ochlar" esa 2 bor qarshiliklar posbonini ranjita olgan. Bugun ham ushbu to‘qnashuvda "gollar yomg‘iri" guvohi bo‘lsak, ajab emas.

25.10.2022 y. | "Nasaf" — "Bunyodkor" 1:1.

24.05.2022 y. | "Bunyodkor" — "Nasaf" 1:4.

27.09.2021 y. | "Nasaf" — "Bunyodkor" 5:0.

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahboz qarshi
17/04/2023 18:03
Assalomu alaykum azizlar.nasib g'alaba kutamiz xech bo'lmasa durrang.yutuq uchun o'ynaymiz deyishadiyu lekin 1 ochkoyam kerak bo'lib qoladi