Fakt! "Navbahor" hech qachon Toshkentda "Bunyodkor"ni mag‘lub eta olmagan

  • 1 oktabr, 2022, 12:44
  • 2
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 20-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkentdagi "Jar" stadionida 18:30 da boshlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Namangan klubi shu vaqtga qadar safarda "qaldirg‘ochlar"ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan. Poytaxtda o‘tgan 16 o‘zaro uchrashuvning 13 tasida mezbonlar zafar quchgan bo‘lsa, 3 tasida esa durang qayd etilgan.

19-turdan keyin "Navbahor" 27 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. "Lochinlar" "Nasaf" va "Bunyodkor"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda. "Bunyodkor" esa 21 ochko bilan 10-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ibpoxim Ibpoximovi
01/10/2022 12:52
Шунчалар хам Навбахорга мехрингиз баландми
Ibpoxim Ibpoximovi
01/10/2022 12:50
Эй биродар ёзишниям эплаб куйибсиз маладес 27 очко эмас 37 очко бор Навбахор да