
FAKT! "Navbahor" Namanganda yutqazmayotganiga deyarli 1 yil bo‘ldi
Biroz avval "Navbahor" klubi Superliga 6-turi doirasida "Andijon"ni mag‘lub etdi. Uchrashuvda Temurxo‘ja Abduxoliqovning goli yagonaligini saqlab qoldi - 1:0.
Ahamiyatlisi, namanganliklar bu safar ham o‘z maydonida engilmadi. Shu tariqa, Babayan shogirdlarining o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 14 o‘yinga etdi.
Oxirgi marta "lochinlar" o‘tgan yilning 26 aprel sanasida "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi - 1:2. Shundan so‘ng o‘tkazilgan 14 uchrashuvda 10 g‘alaba va 4 durang natija qayd etilgan.
Fikrlar