Fakt! "Navbahor" "Paxtakor"ni Superligada oxirgi bor 5 yil oldin mag‘lub etgan
Bugun Superliga 3-turi doirasida "Paxtakor" hamda "Navbahor" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan qiziqarli faktni e’tiboringizga havola etamiz. Unga ko‘ra, namanganliklar "Paxtakor"ni oxirgi marta 2018 yili Superliga o‘yinida mag‘lubiyatga uchratgan.
28 iyul kuni Namanganda bo‘lib o‘tgan bellashuvda "lochinlar" 1:0 hisobida zafar quchgan. Shundan so‘ng o‘tkazilgan ichki chempionat doirasidagi uchrashuvlarda "Navbahor" g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tadigan mazkur to‘qnashuv oldidan ikki klubga ham omad tilagan holda chiroyli futbol g‘alaba qozonishini tilab qolamiz!

Fikrlar