FAKT! “Qo‘qon-1912” Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘yinlarda faqatgina 1 durang va 1 g‘alabaga erishgan xolos

  • 26.07.2019 17:23
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga ikkinchi davrasini "Paxtakor" Toshkentda "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Chempionatlar doirasida “Paxtakor” qo‘qonliklarga qarshi 27 uchrashuvda maydonga tushgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 15 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 5 marta imkoniyatni boy bergan. "Qo‘qon-1912" darvozasiga 71 gol urilib, 38 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 11tasida poytaxtliklar g‘alaba qozonib, faqat bir bor imkoniyatni boy bergan. Yana bir marta durang natija qayd etilgan.

O‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:2 hisobi jamoalarning Toshkentda 2000 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mehmonlarni shunday yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasida 14-tur uchrashuvi bugun "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Акмал
26/07/2019 19:21
Энди ғалабаси 2та бӯлади қӯқонни