Fakt! "So‘g‘diyona" Qarshida "Nasaf"ga qarshi 18 o‘yinning faqatgina 2 tasida g‘alaba qozongan xolos

  • 28.03.2019 13:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 2-turida "Nasaf" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs oldidan "So‘g‘diyona" matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 18 ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu bahslarda 15 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2 marta “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alabaga erishgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida, ya’ni 1998 yilgi mavsumda golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 63 ta gol kiritilgan. Gollar farqi bo‘yicha ustunlik "ajdarlar" tomonida - 46:17.

Qarshidagi o‘zaro sungi 6 uchrashuv natijasi.

20.09.2014. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 3:1

31.05.2015. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 3:1

26.06.2016. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 2:1

30.03.2017. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 4:0

30.04.2018. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 1:2

23.10.2018. “Nasaf” - “So‘g‘diyona” 3:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
31/03/2019 15:11
Хозирги жизахликлар хам кучли