
Fakt! Superligada gol urmagan faqat bitta jamoa qoldi (foto)
Bugun Superligada 3-tur o‘yinlari yakunlanadi. Dastlab, 16:00 da "Metallurg" - "Qizilqum" o‘yini, so‘ngra 17:00 da esa "Turon" - "Surxon" uchrashuvi start oladi.
Qiziq ma’lumotlardan biri shundaki, hozirga kelib chempionatda barcha jamoalar kamida bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Faqatgina "Metallurg" klubi hamon raqiblarini ranjitish yo‘lini topa olmayapti.
Biroq bugun "ma’danchilar" bu statistikaga barham berishi mumkin. Birozdan so‘ng bekobodliklar o‘z maydonida "Qizilqum"ga qarshi saf tortadi.
Fikrlar