Fakt! "Surxon" "Metallurg" maydonida atigi 1 marta g‘alaba qozongan

  • 15.03.2022 20:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mazkur jamoalar kuchlilar safida bugungacha 20 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik poytaxt viloyati vakillari tomonida. Bekobodliklar 9 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 7 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 4 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 23:17. Ushbu o‘yinlarda poytaxt viloyati vakillari 34, surxondaryoliklar esa 19 ochkolik bo‘lgan.

Bekobodda kechgan 10 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.

"Metallurg" - "Surxon" jamoalarining Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari:

07.08.2021 “Metallurg” – “Surxon” – 0:1
29.11.2020 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019 “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
23.08.2003 “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
02.11.2002 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
13.03.2001 “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.08.2000 “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.11.1999 “Metallurg” – “Surxon” – 1:1
23.09.1998 “Metallurg” – “Surxon” – 3:0.

“Surxon” jamoasiga 1968 yilda asos solingan. Dastlabki yili “Chegarachi” nomi bilan qatnashgan klub keyingi to‘rt mavsumda “Avtomobilist” nomini oldi. 1974 yilgi musobaqada “Spartak” nomida ishtirok etgan termizliklar keyin yana to‘qqiz mavsum – 1975-1983 yillar davomida “Avtomobilist” nomiga murojaat etishgan. 1984-1993 yillarda “Surxon”, 1994-1996 yillarda ASK, 1997-2008 yillarda “Surxon”, 2009-2010 yillarda “Dinamo-Hisor”, 2010-2011 yillarda “Termiz” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etib keldi. 2012 yildan jamoa yana o‘zining qadrdon nomi – “Surxon”ni tikladi va bugungi kunga qadar ushbu nom ostida o‘ynab kelmoqda.

Jamoa kuchlilar safida bugunga qadar 454 ta o‘yin o‘tkazgan. Termizliklar mazkur o‘yinlarning 130 tasida g‘alaba qozongan, 81 ta o‘yinda durang o‘ynagan, 243 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 522:848.

“Surxon”ning elitadagi eng yirik g‘alabasi – 8:0 (“Afrosiyob”, 1997 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:10 (“So‘g‘diyona”, 1992).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!