Fakt! “Surxon” Namanganda “Navbahor”dan biror marta ham ochko ololmagan
Superliganing 5-tur doirasida Namanganning “Navbahor” klubi Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs oldidan "Navbahor" klubi matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 24 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 17 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 5 ta uchrashuvda termizliklar g‘alaba qozonishgan, 2ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 70-20, “Navbahor” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 53 ochkoni, “Surxon” esa 17 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 24ta bahsning 11 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.
“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 12 marta kuch sinashishgan. 1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 11ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.
“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 46 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:
28.03.1992 Surxon – Navbahor - 1:1
29.10.1992 Navbahor – Surxon - +:-
13.04.1994 ASK – Navbahor - 2:3
13.11.1994 Navbahor - ASK - 2:1
11.06.1995 Navbahor - ASK - 4:0
19.08.1995 ASK - Navbahor - 2:5
26.06.1996 Navbahor - ASK - 4:1
29.08.1996 ASK - Navbahor - 1:4
13.04.1997 Navbahor – Surxon - 9:0
04.10.1997 Surxon – Navbahor - 1:0
18.04.1998 Navbahor – Surxon - 5:0
08.10.1998 Surxon – Navbahor - 3:1
06.06.1999 Navbahor – Surxon - 1:0
14.08.1999 Surxon – Navbahor - 1:0
19.04.2000 Surxon – Navbahor - 3:3
30.09.2000 Navbahor – Surxon - 5:0
23.06.2001 Surxon - Navbahor 0:3
31.07.2001 Navbahor - Surxon 7:1
28.04.2002 Surxon – Navbahor - 1:0
19.10.2002 Navbahor – Surxon - 1:0
14.05.2003 Surxon – Navbahor - 1:0
13.09.2003 Navbahor – Surxon - 2:1
15.03.2004 Navbahor – Surxon - 6:0
05.11.2004 Surxon – Navbahor - 0:4

Fikrlar