Falkao yangi mavsumni "Galatasaroy"da boshlashi mumkin

  • 18 iyul, 2019, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi forvardi Radamel Falkao katta ehtimol bilan faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi.

Tecno

TRT Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Galatasaroy" klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Istanbulliklar allaqachon futbolchi bilan kelishuvga erishib bo‘lishgan. Unga ko‘ra agar Falkao “Galatasaroy”ga o‘tsa, yiliga 7 mln evro maosh olishi mumkin. Endi transfer yakunlanishi uchun klublar o‘zaro kelishib olishsa bas.

Ma’lumotlarga ko‘ra turk klubi “Monako”dan Falkao bilan shartnomani bekor qilishni va uni tekinga tarkibga qo‘shib olishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Falkao “Monako” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 140ta o‘yinda maydonga tushdi va 83ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U shuningda ushbu vaqt orasida “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” kabi APL grandlarida ijarada o‘ynadi. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!