Falkaoni MLSga chorlashmoqda

  • 16.01.2021 17:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Galatasaroy” hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 34 yoshli kolumbiyalik futbolchiga “Portlend” klubi qiziqib qolgan. Hozirda Turkiya va AQSh klublari Falkaoning transferi masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Falkao “Galatasaroy” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!