
Fanat Qahramonov o‘tish bosqichida ringga ko‘tarildi
-75 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Fanat Qahramonov Iordaniyaning Amman shahrida davom etayotgan litsenzion turnirnirning chorak finalida qozog‘istonlik Abilxan Amankulga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Ushbu vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga 5 ta yo‘llanma berilganligi uchun chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan bokschilar bitta o‘rin uchun o‘tish bahsida ishtirok etishardi.
Mazkur o‘ziga xos pley-off jangida yurtdoshimiz eronlik Seyedshahin Musaviga qarshi ringga ko‘tarildi va afsuski bu safar ham imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar