Fanatlar “Real” xo‘jayinidan ketishni talab qilyapti

  • 18.01.2026 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” jamoasi muxlislari klub prezidenti Florentino Peresni oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqib, “Qirollik klubi”dan ketishni ommaviy tarzda talab qila boshladi.

Ispaniya La Ligasining 20-turidan oʻrin olgan “Levantega” qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda fanatlar “Florentino, isteʼfoga chiq!” deb hayqirgan va shu mazmundagi shiorlarni koʻtargan.

Bu haqida The Athletic nashri jurnalisti Mario Kortegana xabar bermoqda.

“Real” prezidenti Florentino Peres ilk bor 2000–2006 yillarda ushbu lavozimni egallagan. Qisqa tanaffusdan keyin 2009 yilda yana klub rahbariyatiga qaytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!