Faoliyatini "Liverpul"ga bag‘ishlagan futbolchi oilasida noxush xabar

  • 25.04.2020 23:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubining sobiq sardori Jeymi Karrager oila a’zolaridan 2 nafariga koronavirus infektsiyasi yuqqanini ma’lum qildi.

42 yoshli sobiq futbolchining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar uning xotini va xolasida Covid-19 virusini aniqlashgan.

Jeymi Karrager “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun futbolchilik faoliyatini aynan mersisaydliklar safida o‘tkazgan. U butsalarini 2013 yilda mixga ilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!