"Faqat Mbappega emas, butun Frantsiyaga e’tibor qaratishimiz kerak"

  • 6 dekabr, 2022, 20:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda davom etayotgan jahon chempionatining chorak finalida Frantsiya Angliya to‘qnashuvi guvohi bo‘lamiz. Ushbu uchrashuv oldidan “uch sherlar” himoyachisi Lyuk Shou o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

“Ular sobiq jahon chempionlari, faqat Mbappega emas. Frantsiya tarkibidagi barcha futbolchilarga e’tibor qaratishimiz kerak. Ularda ajoyib o‘yinchilar mavjud”, - dedi 27 yoshli himoyachi.

Kilian Mbappe ushbu mundialda 4 ta o‘yinda 5 gol urib, chempionat to‘purari bo‘lib turibdi. Frantsiya chorak finalga Polshani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib etib kelgan bo‘lsa, Angliya nimchorak finalda Kamerun darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!