
Faqat “Real”ga boraman!
Yozgi transferlar davrida grand klublar nishoni “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemga qaratiladi.
19 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Liverpul” kabi Angliya grandlari o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq Bellingem o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Real”ga o‘tishni istayotgani ma’lum bo‘ldi.
Yarim himoyachi yozda klubini almashtirish maqsadida dortmundliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Real” mutasaddilari qariyb bir yildan beri angliyalik futbolchi bilan aloqani ushlab turibdi va aynan madridliklar futbolchidan “Borussiya” bilan shartnomani uzaytirmaslikni so‘ragan.
Fikrlar