
Faqat tez soting! “Real” qimmatbaho yulduzni “arzimagan” pulga olmoqchi
“Real” rahbariyati “Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni jamoa tarkibida ko‘rishni istaydi.
Aslida madridliklar 26 yoshli himoyachini yozda erkin agent maqomida jamoaga kelishini kutayotgan edi.
So‘nggi pallada reja o‘zgardi. Marca nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” angliyalik futbolchini yanvardayoq transfer qilishga tayyor. Buning uchun “Real” liverpulliklarga 25 million evro miqdorida badal puli taklif qilyapti.
“Liverpul” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisini yangi shartnomaga ko‘ndira olgani yo‘q. Trent ulardan katta maosh talab qilmoqda. Qolaversa, o‘yinchining o‘zi ham anchadan beri “Real”ga ko‘shilishni orzu qilyapti.
Endi “Liverpul” tezroq bir qarorga kelishi kerak. Agar ular kamida 70 million evro turadigan Trentni yangi hamkorlikka ko‘ndira olmasa, 25 million evroni olib uni shu kunlarda qo‘yib yuborishi yoki mavsum oxirigacha olib qolib, shartnoma tugaganidan keyin xayrlashishi mumkin.
Fikrlar