Farg‘ona viloyati hokimi: "Neftchi"ga Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynash yarashadi"

  • 14.10.2021 22:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol

“Neftchi”ning o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani va shu tariqa pro liga g‘olibiga aylangani katta shodiyonaga aylanib ketdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham uchrashuvni bevosita stadionda kuzatdi va o‘yindan keyingi taqdirlash marosimida ham qatnashdi. Viloyat rahbari so‘zga chiqib muxlislarga shunday dedi:

“Mavsum avvalidagi taqdimotda sizlar bilan yaxshi niyat qilgandik. “Neftchi”ga Superligada ishtirok etish yarashadi, “Neftchi”ga Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynash yarashadi! Bugun birinchi niyatimiz amalga oshdi.

Xudo xohlasa, kelgusi yildan sevimli jamoamiz Superligada qatnashadi. Bugun hammamiz yaxshi niyat qilaylik, jamoamiz Superligada munosib qatnashib, muxlislarimizni xursand qilsin. Keyingi yillarda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish nasib qilsin.

Barcha farg‘onalik muxlislarni, yurtimizdagi “Neftchi” ishqibozlarini bugungi g‘alaba bilan yana bir bor muborakbod etaman. Jamoamizning faoliyatiga omad tilaymiz.

Shu fursatdan foydalangan holda “Dinamo” jamoasiga chiroyli o‘yin ko‘rsatgani uchun rahmat aytamiz va ularni ham Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz”.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
15/10/2021 09:51
Очлда у'йнаш барча жамоаларга х,ам ярашади аммо лекин кучи етса ярашади
&
Лучше Насаф
14/10/2021 23:24
олдинги йили буларни турон деган камандасига ярашади деб гапирарди
&
Ашуров Бахтийор
14/10/2021 22:38
Албатта ОЧЛда ўйнаш нефтчига ярашади!!!
Юсупов Шухрат
14/10/2021 22:22
Нефтчи зур команда лекин ПФЛ дагилар билади кайси команда чемпион булишини