
Farg‘onalik muxlislar uchun xushxabar!
"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi
Yaypan shahrida katta futbol bayramlari davom etadi! Joriy yilning 13 aprel kuni "O‘zbekiston" o‘yingohida O‘zbekiston Kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turi doirasida Farg‘onaning "Neftchi" va Navoiyning "Qizilqum" jamoalari o‘rtasida katta futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Hozirda mazkur o‘yinni juda ko‘plab futbol muxlislari bevosita stadionning o‘zidan kuzatib borish istagida ekanligini ma’lum qilmoqda. Shu munosabat bilan bugundan "O‘zbekiston" stadioni kassalarida "Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi.
Shoshiling! Sizni katta futbol uchrashuvi kutmoqda! Chiptalar savdosi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni +998996314494 yagona aloqa raqami orqali olishingiz mumkin bo‘ladi.
Eslatma: Ramazon oyi munosabati bilan futbol uchrashuvi vaqtida "O‘zbekiston" o‘yingohining turli xududlarida ro‘zador muxlislar uchun iftorlik sharoitlari tashkil etiladi.
Fikrlar