
Farhod Bekmurotov: "G‘alabali o‘yinlarimizning barchasi yoqimli bo‘ldi"
“Andijon” jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tajribali futbolchi Farhod Bekmurotov ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi. 29 yoshli yarim himoyachi “Andijon” matbuot xizmatiga ortda qolgan mavsum, yoqimli va yoqimsiz uchrashuvlar haqida gapirdi.
“Avvalambor, mavsumni yaxshi o‘tkazganimiz bilan hammani tabriklayman. Jamoadoshlarim, murabbiylar, muxlislar, baza xodimlari – hamma-hammaga bizga ishonganlarga o‘z minnatdorchiligimi bildiraman.
Chempionat ajoyib taassurot qoldirdi. O‘zimiz xohlagan o‘rinni oldik. To‘g‘ri, yanada teparoqda tugatsak ham bo‘lardi. Lekin har doim ham biz xohlagandek bo‘lavermaydi. Bu futbol. Xudoni aytgani bo‘ladi. Biz harakat qildik. Ochig‘i, “Nasaf”ni mag‘lub etganimizdan keyin 2 ta o‘yinda yutqazdik va o‘shanda bizga ishonmay qo‘yganlar ham bo‘ldi. Ammo biz bu vaziyatdan chiqib keta oldik.
Albatta, har bir g‘alabali o‘yinlarimizning barchasi yoqimli bo‘ldi. Lekin uyda, ayniqsa, chempion “Paxtakor” va vodiy derbisida “Navbahor”ni yutganimizni qadri baland bo‘ldi.
Yoqimsiz o‘yin albatta “So‘g‘diyona” bilan bo‘ldi. G‘alaba qozonayotgan joyimizda yo‘q joydan qizil kartochka oldim va jamoamni qiyin ahvolga solib qo‘ydim va yakunda yutqazdik”.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar