
Farhod Nishonov: "Ikkinchi bo‘limda futbol o‘ynamadik"
Pro liganing 10-turidagi “Mash’al” – “Olimpik Mobiuz” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yinga kelsak, biz bir taym futbol o‘ynadik. Ikkinchi taymda futbol o‘ynamadik. “Mash’al”ga har taraflama yutqazdik. Odiiy xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shu sababli yigitlar ikkinchi bo‘limda ruhan bosimga chiday olmadilar. Xatolar ketidan xatolar va mag‘lubiyatga uchradik.
- O‘yin mana shunday yirik ko‘rinish olishini bilarmidingiz? Bu uchrashuvga qanday maqsad qo‘yilgandi?
- Biz g‘alaba qozonmoqchi edik. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlarning kayfiyati yaxshi edi va maqsad g‘alaba qozonishdan iborat bo‘lgandi. Shunga yarasha bellashuvni zo‘r boshladik. Ammo yaxshi tugata olmadik.
- Jamoa nima maqsadda tuzilgan? Klubni vazifasi qanday?
- Jamoani asosiy maqsadi Olimpiada. 2028 yilgi Olimpiadaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. U20 terma jamoani shakllantirishimiz lozim. Klublarda o‘yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilarga bu erda imkoniyat berib, terma jamoa uchun yaxshi o‘yinchi bo‘lib etishishlarini iobatga olgan holda munosib tarbiyalab berishdir. Bundan tashqari, oldimizga Superligaga chiqish vazifasi ham qo‘yilgan.
Fikrlar