Farhod Nurullaev: "Golda futbolchilarning aybi yo‘q"

  • 17.08.2024 01:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada 16-tur uchrashuvlari davom ettirildi. "Qizilqum" jamoasi bu turda Qarshining "Nasaf" klubi bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa yordamchi murabbiyi Farhod Nurullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvga tanlagan rejamiz amalga oshmadi. Himoyada o‘ynab, qarshi hujumga o‘tishimiz kerak edi. Qizil kartochkadan foydalana olmadik. Golda futbolchilarning aybi yo‘q. Bu 10 yo 20 tadan bitta vaziyatda gol bo‘ladigan holat edi. 

- "Qizilqum" o‘yinni sokinlashtirishga harakat qildi. Ikkinchi taymda "Nasaf"dan bunday bosim kutilganmidi? Qanday ko‘rsatma berdingiz?

- "Nasaf" necha kishi bo‘lib maydonda harakat qilsa ham, o‘z uslubiga ega shakllangan jamoa. Asosan qarshi hujumga e’tiborni qaratdik. Ajdarlar chekinmaydi. Qanot va yuqori paslar bilan o‘ynaydi. Shunga tayyorlik qilgan edik. Jamoaning qanot futbolchilari oldinga intiladi. Ular mahoratli futbolchilar. Terma jamoaning bir qator a’zolari bor. 

- "Qizilqum"dagi gruziyalik legionerlarni nega zaxirada ushlab turibsizlar? 

- Lobjanidzeda engil jarohat bor edi. Kuxianidze esa yosh emas. Asosiy jamoada 15 ta bahs o‘tkazgan futbolchini birinchi bo‘limda qo‘ymaslik orqali, uni ikkinchi bo‘limga olib qo‘ydik. "Nasaf"ning charchagan paytida uni kuchga to‘lib bahsga qo‘shilishini kutgandik. 

- Jamoaning asosiy tarkibidagi 3 ta futbolchi nega rotatsiya qilindi? O‘rinbosarlarning o‘yinini kuzatib boryapsizmi? Kimlarni asosiy tarkibga chaqirmoqchisiz? 

- Diyor Rahmatilloev bor, ammo u bugun o‘yinga tushmadi. Farruh degan yosh futbolchimiz bor. Bugun jamoaga yordam berishga harakat qildi. O‘ng qanot himoyada o‘ynadi. 3-4 futbolchimizni "Olimpik Mobiuz" jamoasiga olib ketishdi. Ular ijara asosida u erda to‘p surmoqda. Shuningdek, ikkita darvozabonimiz bor. Ularni ham "Olimpik Mobiuz"ga berishga majburmiz. Ular terma jamoaga borib qo‘shilishadi. Qambarov jarohatdan so‘ng endi tarkibga qo‘shilmoqda. Hali optimap formada emas. O‘yindan - o‘yinga qo‘shib kelmoqda.

- Futbol mutaxassislari uchun "Qizilqum" nishon bo‘lib turibdi. Jamoa kubokka hurmatsizlik qildi. Yakunda, 2 ta o‘yinda engildi. Qanday izohlaysiz buni?

- Kubokda yoshlarga imkoniyat berib, ko‘rib olishimiz kerak edi. O‘rtoqlik uchrashuvi bilan rasmiy o‘yinning farqi bor. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda, yoshlarni elakdan o‘tkazib olishimiz kerak edi. Buni hurmatsizlik demagan bo‘lar edim. Asosiy jamoadan 2-3 futbolchi o‘ynadi. Har bir jamoaning rejasi bor. Biroz yigitlarga dam bermoqchi bo‘ldik. Yana kimlarnidir yaxshi sport formasiga tushirib olmoqchi edik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!