Farhod Sohibjonov: "Terma jamoada o‘zimni nimalarga qodirligimni ko‘rsataman"

  • 16 dekabr, 2023, 00:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, jamoamizning iqtidorli o‘yinchilaridan biri Farhod Sohibjonov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga taklif qilindi va Turkiya bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Olimpiya terma jamoasiga chaqirishganidan xursand bo‘ldim. Avvalambor, menga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlagan “Andijon” jamoamga va muxlislarimizga rahmat aytaman.

Shu o‘rinda meni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga taklif qilgan bosh murabbiy Timur Kapadzega ham minnatdorchilik bildiraman. Bu imkoniyatdan foydalanib, o‘zimni nimalarga qodirligimni ko‘rsataman.

Xudo xohlasa, Parijda bo‘ladigan Olimpiadaga terma jamoamiz bilan birga borishni niyat qilyapman. Albatta, katta mehnat qilishim kerak”, - deydi Sohibjonov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Xabibillo
18/12/2023 23:59
Кулингдан келади каттик харакат кил.Кападзе яхши мурабий Фарход мурабийни айтганларини тулик бажар.ОЛЛОХИМ УЗИ кулласин.
&
Рахим
16/12/2023 11:37
Сенларга омад биз хам сизларни куллаймиз
&
Bek 56
16/12/2023 08:26
Яшавор АЛЛОХ, ёрдам берсин