
Farruh Sayfiev, Aziz Turg‘unboev, Sardor Sobirxo‘jaev va Dragan Cheran...
2021 yilgi mavsumda "Paxtakor" safida jami 29 nafar futbolchi maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eng ko‘p o‘yinda Farruh Sayfiev va Aziz Turg‘unboev maydonga tushirilgan. Ular 25tadan bahsda harakat qilgan. 5 o‘yinchi Superligada debyutini o‘tkazdi – Marlen Chobanov, Abbos Fayzullaev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Muhammadali O‘rinboev va Abubakir Ashurov. 29 futbolchidan 15 nafari “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanaladi.
Futbolchilarning 2021 yildagi ko‘rsatkichlari bilan tanishing.
Fikrlar