Farruh Sayfiev "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 21.07.2022 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

"Paxtakor" tajribali himoyachi Farruh Sayfiev bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

"2018 yildan buyon "sherlar" sharafini himoya qilib kelayotgan Sayfiev bilan shartnoma 2024 yil oxiriga qadar uzaytirildi. Farruh hozirgacha jamoamiz safida jami 154 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol muallifiga aylangan. Ortda qolgan davr mobaynida u "Paxtakor" tarkibida 8 sovrin sohibi bo‘ldi. Umid qilamizki, Farruh jamoamiz bilan hali ko‘plab sovrinlarga ega chiqadi", - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
21/07/2022 12:22
Ҳеч керакмас эди