Farrux Qilichev: Eng ko‘p oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman

  • 27 may, 2021, 15:41
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni paytda Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Shu kungacha o‘tkazilgan janglar yuzasidan murabbiy Farrux Qilichevning fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

"Shukrki, Osiyo chempionati O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. 10 ta vaznda 10 nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi. Oldinda yarim final bellashuvlari turibdi. Ishonchim komilki, nasib qilsa bokschilarimiz yorug‘ yuz bilan O‘zbekistonga qaytishadi.

Dilshodning qatarlik bokschiga qarshi jangi? Biz u bilan jangdan oldin raqib imkoniyatlariga qarab ringga ishlashni rejalashtirdik. Muhimi ringni his qilish lozimligini ta’kidlagandim. U ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. Barchasi ko‘ngildagidek.

Eng ko‘p oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman", - dedi Farrux Qilichev. 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/05/2021 23:42
Офарин сизларга. Умумжамоа миқиёсида яна 1-бўлинглар. Ўзбек бокси довруғи дунёни ларзага келтиришда давом этсин. Ғолибона юришлар Олимпияда бахсларида ҳам давом этсин. Бошқа Спорт турларимиз сизлардан ўрнак олсин. Омад доимо ёр бўлсин.