Fati ChLda o‘ynagan "Barsa" tarixining eng yosh futbolchisiga aylandi

  • 18 sentabr, 2019, 00:26
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda, Evropa Chempionlar Ligasining dastlabki turida Dortmundning "Borussiya" klubi

Tecno

"Barselona"ni qabul qilmoqda. Ushbu uchrashuvda "Barsa" yarim himoyachisi Anssumane Fati asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Fati 16 yoshu 321 kunligida ChLda debyut qilmoqda. Bu bilan u ChL musobaqasida, Kataloniya klubining tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Bungacha bu rekord Boyan Krkichga tegishli edi. Krkich 17 yoshu 22 kunligida kataloniyaliklar safida Chempionlar Ligasida maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Fati La Liganing joriy mavsumida 3 ta bahs o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
18/09/2019 00:49
Barsa muxlislari uyganinglar Fati barsada 2chi Messi