
Fati "Real"ga qarshi o‘yniga tayyor
"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati ertaga "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadiagan "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalida ishtirok etishga tayyor.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, jarohati sabab bir necha kun maydonga tusha olmagan ispaniyalik futbolchi bugun jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, Fati Ispaniya kubogining uchta bahsida ishtirok etib, ikkita gol urdi.
Fikrlar