Fati va Grinvud dunyoning 2020 yildagi eng yaxshi yosh futbolchilari qatorida e’tirof etildi

  • 30.12.2020 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Football Wonderkids portali yakunlanib borayotgan 2020 yilning eng yaxshi 19 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Tarkibdan  Ansu Fati, Rodrigo Goes va Erik Garsiya kabi futbolchilarning nomlarini ko‘rish mumkin.

Darvozabon: Anatoliy Trubin ("Shaxtyor")

Himoyachilar: Bukayo Saka ("Arsenal"), Erik Garsiya ("Manchester Siti"), Benua Badiashile ("Monako"), Neko Uilyams ("Liverpul")

Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga ("Renn"), Pedri, Ansu Fati (ikkalasi - "Barselona"), Jovanni Reyna ("Borussiya" Dortmund)

Hujumchilar: Rodrigo Goes ("Real"), Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!