
Fatining ijarasidan "Barselona" qancha ishlab olmoqda?
"Barselona" vingeri Ansu Fatining "Monako"ga ijarasi moliyaviy jihatdan qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi. "Diario Sport" nashrining xabar berishicha, frantsiyaliklar 22 yoshli futbolchini ijara muddati tugagach 11 million evroga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu bitimda kataloniyaliklar uchun qaytarib sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan. Shu bilan birga, "Barsa" Fatining maoshi orqali taxminan 8 million evro tejab qoladi.
2024/25 yilgi mavsumda Ansu turli musobaqalarda 11 ta o‘yinda ishtirok etdi. Biroq, gol ham, assist ham qayd etmadi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik hujumchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar