Faustini Oro: "Menga Sindarov yaxshiroq o‘ynayotgandek tuyulmoqda"

  • 21.05.2026 14:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina grossmeyster unvoniga erishgan Faustino Oro Javohir Sindarov va Gukesh oʻrtasida jahon chempionligi uchun boʻlib oʻtadigan toʻqnashuv haqida fikr bildirdi.

""Ayni damda menga Sindarov yaxshiroq oʻynayotgandek tuyulmoqda. Gukesh, albatta, juda kuchli oʻyinchi, lekin 2025-2026 yillarda jahon chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng uning oʻyini biroz pasaydi. U reytingda koʻp ochko yoʻqotdi va hozir barqaror oʻyin koʻrsatmayapti.

Masalan, "Grand Swiss" turnirida u ketma-ket uchta partiyada magʻlub boʻlgan edi. Lekin biz uning qanchalik kuchli oʻyin koʻrsata olishini yaxshi bilamiz. Sindarov esa Nomzodlar turnirini 10 ochko bilan yutdi va hozir juda-juda yaxshi oʻyin koʻrsatmoqda.


Shu bilan birga, Oro Ding Liranning soʻnggi chempionlik matchidagi holatini ham eslatib oʻtdi:

Dinga kelsak... biz undan hech narsa kutmagan edik, chunki u ham yaxshi formda emasdi. Lekin Gukeshga qarshi birinchi partiyani yutib, deyarli butun matchni oʻz foydasiga hal qila yozgan edi. Shuning uchun avvaldan aniq aytib boʻlmaydi. Ammo hozircha men Sindarov gʻalaba qozonishiga ishonaman", - dedi argentinalik sportchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!