Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

  • 15 fevral, 07:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochilmoqda. Eldor Shomurodov qariyb to‘rt yarim yildan beri Italiyada o‘ynayapti. “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma” safida yuzdan ziyod uchrashuvda ishtirok etdi. Rim klubi bilan tarixiy musobaqa – 2021 yili ilk bor o‘tkazilgan UEFA Konferentsiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Belarusdagi bir yillik faoliyatidan keyin, qisqa fursatda Frantsiyani zabt etgan Abduqodir Husanov endi Angliya maydonlarida javlon uradigan bo‘ldi. “Lans” safida Liga 1 va kubok o‘yinlaridan tashqari, Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferentsiya ligasi kabi xalqaro musobaqalarda debyut qildi.

“Manchester Siti” tarkibida Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogida maydonga tushgan va gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida nomini tarixga yozdi.   

O‘tgan yili yosh avlod vakillaridan Muhammadali O‘rinboev “Brentford” yoshlar jamoasida malaka oshirib keldi, o‘yinlari, gollari, assistlari bilan mutaxassislar e’tiborini qozondi.  Yaqinda Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning “Leganes” klubi yoshlar jamoasiga borib qo‘shildi va tez orada asosiy tarkibga ko‘chib o‘tishni maqsad qilib qo‘ygan.

Bundan tashqari, Rossiya, Serbiya, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya kabi mamlakatlar ligalarida to‘p tepayotgan o‘zbek futbolchilari bor. Ular orasida Evropaning “top-5” ligalaridagi klublarga o‘tishi mumkin bo‘lgan iste’dod egalari orasida Abbosbek Fayzullaevning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Ayni paytda TsSKA sharafini himoya qilayotgan yorqin iste’dod sohibi ham Evropani ko‘zlagan. Bundan tashqari, Fayzullaev O‘zbekistonda Evropaga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar borligini alohida tilga oldi.

- Men ham Evropada o‘ynashni istayman, albatta. Bu mavridi kelganda yuz beradi. Husanovning tarixi nafaqat menga, balki ko‘pchilik uchun stimul bo‘ladi. O‘zim doim Evropada to‘p tepishni orzu qilganman.

O‘zbek futboli jadal rivojlanib bormoqda. Bu terma jamoalarimiz natijalaridan ham bilinib turibdi.  

Futbolchilarimiz Evropaning kuchli chempionatlariga yo‘l ola boshladi. Bular o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda Evropada o‘ynab keta oladigan yosh futbolchilar hali juda ko‘p. Men ularning ko‘pini yaxshi bilaman. Agar ular Evropa futboliga o‘ta olsa, bu o‘zbek futboli uchun oldinga tashlangan yana bir qadam bo‘ladi, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz “Paxtakor”da tarbiyalangan. TsSKAga 2023 yilning yozida o‘tib, birdaniga o‘yini yanada ochilib ketgan legionerimiz Evropaning bir qator klublari nishoniga tushgan edi. Bugungi kunda Abbosbek Fayzullaevning transfer summasi 8 million evroga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha hamyurtimiz Markaziy Osiyo o‘yinchilari orasida Abduqodir Husanovdan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Fayzullaev xavotirga solyapti!
Husanov yana gol uradi! “Manchester Siti” Angliya kubogida sensatsiya ko‘targan o‘ta xavfli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi
Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!
Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bobur G'ulomov
15/02/2025 11:02
Ўзбекистонда Европада ўйнаб кета оладиган ёш футболчилар ҳали жуда кўп.
Админлар шу сўзларни ёзиш учун қулоқни оёқ билан ушлаш шартмиди. Аббосни икки қатор сўзини ёзинглар тамом. Эдорни Абдулқодирни ёзавериб чарчамадингларми?
Baxil Alihuja
15/02/2025 11:07
цска дан европага куйиб юборишмайди.