Fayzullaev nimadan norozi?

  • 28.06.2026 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun tarixiy jahon chempionati muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etgan futbolchilarimiz Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasiga bir xil - 1:3, Portugaliyaga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Albatta, futbolchilarimizning mundialdagi ishtirokida ijobiy ko‘rsatkichlar ham bo‘ldi. Umumiy hisobda hamyurtlarimiz guruhdagi barcha raqiblar darvozasiga yo‘l topa olishdi. Ammo Aziz G‘anievning Portugaliyaga urgan supergoli va Eldor Shomurodovning Kongo darvozasiga kiritgagn tezkor to‘pi qoidabuzarliklar sababli inobatga olinmadi. 

Qolgan ikki gol mualliflari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi. 

22 yoshli Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida eng yorqin o‘yin ko‘rsatgan va birinchi gol muallifi sifatida e’tibor qozongan bo‘lsa-da, mundialdagi ishtirokidan qoniqqani yo‘q. 

Abbos o‘z fikr-mulohazalarini jurnalistlar bilan qisqa suhbatda quyidagicha ifoda etdi. 

— Natijadan qat’iy nazar, orzu amalga oshdi, deb ayta olasizmi? 

— Jahon chempionatida o‘ynadik — bu, albatta, katta voqea. Lekin men uchun buning o‘zi yetarli emas. Men g‘alaba qozonishni istayman. Biz bu safar bunga erisha olmadik. 

Hozir juda charchagman. Umid qilamanki, keyingi jahon chempionatiga ham chiqamiz va u yerda g‘alabalar qo‘lga kiritamiz.

— O‘zingiz va jamoa imkoniyatlaridan to‘liq foydalandingizmi? Yoki yanada yaxshiroq o‘ynash mumkin edi? 

— Yo‘q, bu bizning chegaramiz emas. Biz nimlarga qodir ekanimizni bilaman. Yaxshi futbol ko‘rsata olamiz. Bu yerda shunga yetarlicha erisholmadik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida uchala o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani 2:11 to‘plar nisbati bilan yakunladi.

Xyuston shahrida "JCh-2026" paytida o‘zbekistonlik muxlislar ham o‘zlarining jamoani qo‘llab-quvvatlash usuli bilan futbol jamoatchiligi e’tiborini qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!