Eh, Husanov...O'zbek futbolchilari o'yiniga qanday baho berildi?

  • 28.06.2026 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi uchala uchrashuvni ham mag‘lubiyat bilan yakunladi va bir zamonlar orzu bo‘lgan jahon chempionatini juda erta tark etdi.

So‘nggi turda Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi bahsda hisobni tezda ochgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda o‘z jarima maydoni oldiga chekinib, ketma-ket uchta gol o‘tkazib yubordi.

Uchrashuvda burilish nuqtasi O‘zbekiston darvozasiga belgilangan penalti bo‘ldi. 11 metrlik nuqtadan gol urgan afrikaliklarni keyin to‘xtatib bo‘lmadi.

Evro-Futbol nashri O‘zbekiston terma jamoasining ayrim futbolchilari o‘yinini 10 ballik tizim asosida baholadi.

Abduqodir Husanov — 3,0

“Manchester Siti” markaziy himoyachisi va o‘zbekistonliklarning ishongan yulduzi Abduqodir Husanov uchun ilk jahon chempionati juda og‘ir kechdi.

Nashr fikricha, u Yoan Vissaga qarshi yetarlicha zich harakat qilmagan. Penalti epizodida Vissa to‘pga birinchi bo‘lib yetib borganidan keyin Husanov uning oyog‘iga zarba bergan va hakam penalti belgilashi to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

Uchinchi gol oldidan esa Husanov Vissaning to‘pni erkin tarzda qabul qilib olishga yo‘l qo‘ydi va unga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmadi. Natijada kongolik hujumchi yarim maydonni kesib o‘tib, aniq zarba bilan hisobni yiriklashtirdi.

Abbosbek Fayzullaev — 7,0

O‘zbekistonning mundialdagi birinchi goli muallifi sifatida tarixda qolgan Abbosbek Fayzullaev Kongoga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

U hal qiluvchi uzatma amalga oshirmagan bo‘lsa-da, Eldor Shomurodovning golida muhim rol o‘ynadi. Akmal Mozgovoyning uzatmasidan keyin to‘pga tegmay, raqib e’tiborini o‘ziga tortib, hujumning davom etishiga imkoniyat yaratdi.

Bundan tashqari, Fayzullaev himoyada ham faol harakat qildi va uch marta muvaffaqiyatli to‘p tortib oldi. Uning to‘rt marta qoida buzishi ham maydondagi kurashchanligi bilan izohlangan.

Biroq ikkinchi bo‘limda u ham, butun O‘zbekiston terma jamoasi kabi, ancha sust harakat qildi.

Eldor Shomurodov — 7,5

O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng zo‘r to‘purari va sardori Eldor Shomurodov bu uchrashuvda o‘z vazifasini uddaladi. U chiroyli zarba bilan hisobni ochdi va O‘zbekistonga g‘alaba umidini bag‘ishladi.

Biroq ikkinchi bo‘limda jamoa orqaga chekinib o‘ynashni tanladi va bu qaror qimmatga tushdi.

Birinchi bo‘limda Shomurodov pressingda faol ishtirok etdi, uch marta to‘pni tortib oldi va jamoasiga har tomonlama yordam berdi. Uning 22 marta to‘pni yo‘qotgani va ikkinchi bo‘lim boshidagi yaxshi imkoniyatdan foydalana olmagani qayd etilgan.

Shu bilan birga, nashr fikricha, agar O‘zbekiston ikkinchi bo‘limda ham hujumkor o‘yin namoyish etganida, Shomurodovda yana golli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin edi.

O‘zbeklarni kim “sindirdi”?

O‘zbekistonga FIFAdan xunuk xabar

Supergol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir gapirdi

"Manchester Siti" Husanovga muhim xabar yubordi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!