"Manchester Siti" Husanovga muhim xabar yubordi
Angliya Premier-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan "Manchester Siti" 2026 yildagi jahon chempionatida hal qiluvchi o‘yin arafasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni qo‘llab-quvvatladi.
APL grandining rasmiy instagram sahifasida o‘zbekistondlik 22 yoshli legioner bosh qahramon sifatida tasvirlangan o‘ziga xos o‘yinoldi afishasini e’lon qilindi.
Posterda Husanov "Manchester Siti"ning osmonrang sport formasida, orqa fonda esa O‘zbekiston davlat bayrog‘i aks etgan.
"Navbatdagi o‘yin: Atlanta shahrida Kongo Demokratik Respublikasi — O‘zbekiston", deb yozilgan klub matbuot xizmati e’lonida.
"K" guruhi doirasidagi Kongo — O‘zbekiston uchrashuvi 28 iyun kuni "Atlanta Stedium" arenasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 4:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining final bosqichi guruh bosqichida dastlabki ikki turda Kolumbiya (1:3) va Portugaliyaga (0:5) mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasining 1/16 finalga chiqish uchun yagona imkoniyati — uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Bunga erishish uchun hal qiluvchi bahsda Kongo ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonish talab etiladi.

Fikrlar