Fayzullaev Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

  • 6 dekabr, 16:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati qur’asi tashlandi. “K” guruhida joy olgan O‘zbekiston terma jamoasining etakchilaridan biri Abbosbek Fayzullaev qur’adan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“O‘ylaymanki, qiziqarli guruhga tushdik. Har bir o‘yin, ayniqsa Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs, qiyin bo‘ladi. Lekin biz barcha uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz va guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz”, — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi OlympicUz.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va 1-qit’alararo saralash bosqichi g‘olibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR) bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!