Fayzullaev qimmat yulduzlarni so‘ndirib qo‘ydi!

  • 20 oktabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugungi kunda Rossiya Premer-ligasining aksariyat muxlisu mutaxassislari, murabbiylari TsSKAdagi o‘zbek legioneri Abbosbek Fayzullaevning faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib boryapti.

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan https://football24.ru sayti hujumkor futbolchimizning faoliyatiga nazar tashlab, Fayzullaevning bir o‘zi salohiyat bobida “Spartak”ning yulduz hujumchilaridan kuchliroq ekanini sharhlab berdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu tahliliy maqolani havola etadi.

Birinchi qism:

Fayzullaev kelajakni kutishni istamadi!

Ikkinchi qism:

Abbos  yozda TsSKAdan Moskvaning “Dinamo” jamoasiga ketgan kolumbiyalik legioner Xorxe Karraskal va “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan paragvaylik Xesus  Medinani “armiyachilar”ning muxlislari xotirasidan butunlay o‘chirib yubordi.

horhe-karraskal_169337790851

Fayzullaev Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan olib kelingan va TsSKAda bir yarim yil o‘ynagan Karraskalni mehnatsevarligi hamda himoyadagi ishonchli o‘yinlari bilan so‘ndirdi. O‘zbek legioneri yosh bo‘lishiga qaramay, himoyada shiddatli va mardonavor kurashyapti. “Rostov” bilan bellashuvda Abbos orqa chiziqda hamma ishlarni bajardi. Bir vaziyatda raqib futbolchisi Bayramyanni elkasi bilan turtib, uchirib yubordi va to‘pni o‘zida saqlab qoldi.

Fayzullaev 6 million evro evaziga “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan Medinani o‘z universalligi bilan bosib yubordi. Medinaning birorta yorqin sifati ko‘zga tashlanmagan edi. Uzoq o‘ylasak ham uning boshqalardan ustun tomonini topa olmaymiz. Medina chap oyog‘iga tayangan holda bir qanotda o‘ynaydigan o‘rta daoajadagi o‘yinchi. Chap oyoq zarbasidan asosan standart vaziyatlarda foydalanadi. Qimmatbaho legioner TsSKAda boshqa narsaga yaramadi.

Fayzullaev kelganidan keyin  “armiyachilar” Xesusning “Spartak”ga o‘tib ketganiga shukr qilsa ham arziydi. Chunki Medinaning o‘rniga o‘yin taqdirini hal qila oladigan katta iste’dod sohibi keldi.  

Statistikaga ko‘ra, Fayzullaev faqat hujumda o‘ynaydigan va himoya haqida umuman o‘ylamaydigan Karraskaldan ko‘proq golli vaziyatlar yaratyapti. Abbos bir uchrashuvda o‘rtacha 0.62 ta vaziyat yaratmoqda. Bu ko‘rsatkich kolumbiyalik hujumchida 0.5ni ko‘rsatyapti.

“Armiyachilar”ning yangi o‘yinchisi darvozaga zarba berish uchun Medinaga qaraganda ko‘proq aniq pas uzatyapti. Statistikada bu ko‘rsatkich bir o‘yinda Abbosda 1,4, Xesusda 1,2 ta pasni tashkil qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Xorxe Karraskal o‘tgan yili TsSKA safida Premer-ligada 26 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Paragvaylik Xesus Medina esa, o‘tgan mavsum TsSKA uchun 25 ta o‘yinda o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ydi.

volga_17

Har ikki o‘yinchi yozda jamoani tark etganidan keyin, muxlisi mutaxassislarda Rossiya miqyosida qimmatbaho hisoblangan legionerlar o‘rnini kim bosishi haqida savollar kelib chiqdi. Hozircha, Abbosbek Fayzullaev uzoq mamlakatlardan kelib, ashaddiy raqiblar safiga o‘tib ketgan o‘yinchilar yo‘qligini umuman sezdirmayotgani TsSKA tarafdorlarini xursand qilmoqda.

Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. Oxunjon
20/10/2023 09:02
Аббос йулдузлик касалига дучор бўлиб уйини пасайиб кетса енг катта айбдор спортс уз сайти бўлади ачко олиш учун битта тема ўн хил сарлавха билан чиқаради
&
Адхамжон Низомов
20/10/2023 18:09
Аббос, газини бос.
&
Адхамжон Низомов
20/10/2023 18:09
Аббос,газини бос.
Shoyimov Mirzohid
20/10/2023 10:07
Од
998992832277 Дедашов Икрамжон Исманович
20/10/2023 08:42
Катта умид у́збек мухлислари ку́нглидан мустахкам у́рин Олди
Файзуллаев ва Хусанов келажакка айникса ЖЧ 2026да У́збекистон бу́лишини таьминлайди