Fayzullaev TsSKA uni qanday topganini aytib berdi

  • 27 avgust, 2023, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevning 19 yoshidayoq Rossiya Premer-ligasining katta klublaridan hisoblangan TsSKAga yo‘l olishini jasoratga qiyoslash mumkin. Endi o‘sib kelayotgan futbolchimiz ulkan mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oldi.

Oldinda hamyurtimizni Rossiya futbolida o‘z o‘rnini topishdek murakkab sinovlar kutib turibdi. Agar Fayzullaev o‘zining qobiliyatini namoyish qila olsa, Rossiya chempionati unga tramplin vazifasini o‘tashi mumkin.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

Natija shunday bo‘lib chiqsa, Fayzullaev ham Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanovdek Evropaning  kuchli ligalariga yo‘l olishiga umid qilsa bo‘ladi.

TsSKA uchrashuvlarida jalb qilina boshlagan Abbosbek yangi muhitga qanday moslashayotgani, bu borada unga qaysi futbolchilar ko‘p yordam berayotgani haqida gapirdi.

- Jamoaga, yangi sharoitga moslashuv jarayoni juda yaxshi ketyapti. Yigitlar mendan yordamini ayamayapti va buning uchun alohida rahmat aytaman.

Ayniqsa, Baxa (Baxtiyor Zaynutdinov) katta yordam bergani uchun unga minnatdorligimni bildiraman. Turkiyadagi faoliyatida muvaffaqiyat tilayman. Baxa jamoadagi futbolchilar, klub, baza bilan tanishib olishimda, umuman hamma narsada yordam berdi.

30509.120134.789

TsSKA 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatidan keyin menga qiziqib qolganidan xabar topdim. Lekin O‘zbekiston chempionatida birinchi davra tugashini kutdim va shundan keyin puxta o‘ylab, bu erga keldim.

Men yangi qadam tashlab, o‘z darajamni yangi bosqichga ko‘tarish vaqti keldi, o‘yinimni va mahoratimni oo‘irishim kerak, deb o‘ylayman, - dedi Abbos Fayzullaev.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” klubining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan. 19 yoshli futbolchi bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Mutaxassislar uning maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyati, tezkorligi, aniq zarbasi, driblinglari yaxshi shakllanganiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Hujumkor futbolchi 2021 yilning boshidan “Paxtakor” asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan edi. Qariyb ikki yarim yillik faoliyati davomida “sherlar” safida O‘zbekiston Superligasi, mamlakat kubogi hamda  Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida jami 41 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ygandi.

Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullaev 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni va bu turnirning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U Argentinada o‘tgan jahon chempionatida ham o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi.

20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz a’zolaridan Umarali Rahmonaliev bugungi kunda Rossiya Premer-ligasida “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, markaziy himoyachi Abduqodir Husanov Frantsiya vitse-chempioni “Lans” futbolchisiga aylandi.

Abbosbek Fayzullaevning TsSKA bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

7521adff851aaf72bec3e7ad566b17a164e2fe6a12434152314052

19 yoshli legionerimiz Rossiya chempionatida ikkita uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi va asosiy tarkibga kirish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Legionerimiz o‘zini o‘zi sotib olgani oshkor bo‘ldi

Rossiyaliklar O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydigan futbolchilar nomini e’lon qildi

Dunyoning eng qimmat o‘nta ligasida to‘rtta o‘zbek to‘p tepmoqda!

Mashhur futbolchi: O‘g‘lim Shomurodovga muxlislik qilyapti!

Rossiya uchun O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynash qiziq!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!