
Fayzullaev xursand!
Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga qarshi uchrashuv oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bugun tongda termamiz safiga kelib qo‘shilgan Abbosbek Fayzullaev ertangi o‘yin, yig‘inga qo‘shilgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Osiyo kubogi davom etmoqda. Hozir 3-turdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bugun ertalab Qatarga etib keldim. Muzokaralar ijobiy yakunlanganidan va terma jamoa safiga qo‘shilganimdan xursandman.
Albatta, ertangi bahsda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Chunki birinchi o‘rin bilan chiqqanimiz qulayroq deb o‘ylayman. Ertangi raqibimiz - Vetnam ham kuchli raqib. Ular ham, biz ham 6 ochko to‘plagan. Ertaga yaxshi uchrashuv bo‘ladi", - dedi Fayzullaev.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Vetnam bellashuvi 20:30da start oladi.
Fikrlar