Fayzullaevga Evropadan taklif bo‘ldimi?

  • 12 iyul, 2024, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ayni paytda futbol jamoatchiligining e’tibori Germaniya va AQShda hal qiluvchi pallaga kirgan Evropa chempionati  va Amerika kubogi musobaqalariga qaratilgan. Bu musobaqalarda mazkur qit’alarning eng kuch termasi aniqlanadi.

Keyin barcha muxlisu mutaxassislar diqqatini Frantsiya poytaxti Parij mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga qaratadi. Bu musobaqada asosan 23 yoshgacha bo‘lgan iqtidor egalari qatnashishi bois, Olimpiada klublar o‘zlariga yangi o‘yinchilar qidiradigan o‘ziga xos “futbol bozori”ga aylanadi.

Parij Olimpiadasida ilk marotaba o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari ham qatnashadi. Bosh murabbiy Timur Kapadze to‘rtyillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Rossiya matbuoti Parij Olimpiadasida Premer-liganing ikki vakili – Abbosbek Fayzullaev va Umarali Rahmonaliev O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilishi haqida yoza boshladi.

Nufuzli nashrlardan biri – “Sport ekspress” jurnalistlari vaziyatdan foydalanib, TsSKA bosh direktori Roman Babaevdan Abbosbek Fayzullaevga Evropadan taklif bor-yo‘qligini so‘radi.

- Hozirgacha, Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha Evropa klublaridan hech qanday rasmiy taklif kelgani yo‘q, - deb masalaga oydinlik kiritdi Roman Babaev.

Ma’lumki, Abbosbek Fayzullaev yil boshida Qatardagi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli o‘ynaganidan keyin unga xorij klublaridan qiziqish bo‘layotgani aytilgandi. Xususan, avvaliga Germaniyaning “Bavariya” va Italiya A Seriyasiga qaytgan “Parma” 20 yoshli hujumkor futbolchisini kuzatayotgani haqida ma’lumot tarqatildi.

Keyinchalik sport va futbolga ixtisoslashgan nashrlar Ispaniyaning mashhur klublaridan “Vilyarreal” o‘zbek legioneri transferini amalga oshirmoqchi ekani haqida axborot berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalariga o‘tishi keyingi paytda juda ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblanadi.

Parij Olimpiadasi barcha ishtirokchilar qatori o‘zbek futbolchilari, xususan Abbosbek Fayzullaev uchun ham ko‘rik vazifasini o‘taydi. Odatda, qit’a va jahon miqyosidagi katta musobaqalardan keyin turnirlarda porlagan o‘yinchilarga turli klublardan chorlov bo‘lishi an’anaga aylangan.

Evropada transfer oynasi avgust oyining oxirigacha davom etishini inobatga olsak, nafaqat Fayzullaev, balki O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari ham Parij Olimpiadasidagi o‘yiniga ko‘ra, turli ligalardan taklif olish ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi mamlakat futbol tarixida ilk bor olimpiya lizentsiyasini qo‘lga kiritdi.

Iste’dodli yosh o‘yinchilardan tarkib topgan, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov, “Rizespor” himoyachisi Husniddin Aliqulov va “Persepolis” hujumkor futbolchisi Oston O‘runov bilan kuchaytirilgan terma jamoamiz Olimpiadaning guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublika vakillari bilan raqobatlashadi.

Guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar Olimpiya o‘yinlari medallari uchun kurashni davom ettiradi.

Ikki legionerimiz Evropa chempionlar ligasida yurishini boshlayapti

Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобурни Парпиев
11/07/2024 22:31
Шу болага куз тегмаса булди да