
Fayzullaevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgan. Sababi aniq...
2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy quroliga aylanib qolgan Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalariga ko‘chib o‘tishi anchadan beri eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mavsum oxirlagani sari futbol jamoatchiligi 21 yoshli legionerning TsSKAdan boshqa klublarga o‘tish imkoniyatlarini yanada ko‘proq muhokama qilyapti.
Nufuzli kompaniyalardan biri – Pro Sports Management rahbari German Tkachenko jurnalistlarga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullaevning Portugaliyaning eng mashhur klublaridan “Benfika”ga transferi nega amalga oshmagani sabablarini ham keltirib o‘tdi.
Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
— Qishki transferlar davrida sizni nima hayron qoldirdi?
— “Braga”ning Salasarning “Spartak” va “Zenit”ga transfer qila olmagani. Aniqrog‘i, buni istamagani. Bu transferni yuristlar barbod qildi. Klub menejmentidagilar xaridor klublar aktsiyadorlari orasida xalqaro sanktsiyalarga tushganlar borligini ro‘kach qilib, bu savdoga shubha bilan qaradi. Shu bois transfer amalga oshmay qoldi.
— O‘tgan yili Rossiya futbolining Evropa bozorida rad etishini haqida gapirgandingiz. Hozirgi tendentsiyalar bu to‘siqni bartaraf etishga qaratilganmi?
— Shunqa bo‘lishiga umid qilaman. Bizga nisbatan munosabatlar ozgina bo‘lsa-da yumshadi. Masalan, “Sanderlend” tavakkal qilib, “Zenit”ga Izidor uchun pul to‘ladi. Matvey Safonov PSJga ko‘chib o‘tdi. Odamlar orasida ham qabul qilmaslik masalasi biroz kamaygan.
Shunga qaramay, buning aksini ko‘rsatuvchi misollar ham kam emas. Shuni inobatga olgan holda, hali mavjud tendentsiyalar to‘liq o‘zgarmagan, evolyutsiya jarayoni davom etmoqda.
— Qanaqa teskari misollarni aytyapsiz?
— Abbosbek Fayzullaevning “Benfika”ga transferini muhokama qilgandik. Muzokaralarning dastlabki bosqichidayoq klub rossiyaliklar bilan hamkorlik qilish masalasiga keskin "yo‘q", dedi.
— Chunki uning klubi TsSKA bo‘lganigami?
— Biz bu vaziyatda chuqurlashmadik. Aloqa uzildi. Ularning “Rossiya bilan ish olib bormaymiz”, degan tezisi o‘rtaga chiqdi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgust oyida TsSKA jamoasiga ko‘chib o‘tdi va qisqa fursatda Rossiya Premer-ligasining eng yorqin iste’dodlari qatoriga qo‘shildi.
21 yoshli hujumkor futbolchimiz hozirga qadar “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 21 ta assist rasmiylashtirdi. Bu muvaffaqiyatlar ortidan Fayzullaevning transfer summasi 8 million evroga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Abbos “Manchester Siti” vakili Abduqodir Husanovdan keyin O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.
Gvardiola nega Husanovni o‘ynatmay qo‘ydi?
Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!
Fikrlar