Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!

  • 3 aprel, 00:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini 2023 yilning avgustidan beri TsSKAda to‘p tepayotgan iqtidorli legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning Evropaning top-ligalariga qachon o‘tishi qiziqtirib keladi.

O‘tgan muddat davomida Abbosga “Parma”, “Bavariya”, “Monako”, “Real Sosedad” kabi klublardan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bu masala hamon muhokamalarning eng dolzarb mavzusi bo‘lib turibdi.

Pro Sports Management promouterlik kompaniyasi rahbari German Tkachenko jurnalistlarga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullaevning kuchli ligalarga yo‘l oladigan davri kelganini ma’lum qildi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolichning jamoa o‘yinini qishda o‘zgartirib, “romb” uslubiga otkazgani Abbosga nima berdi?

— Fayzullaevning o‘zining o‘yin uslubiga qo‘shimcha xarakteristikalarni qo‘shdi. U yangi pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyati, kurashish imkoniyati va himoyaviy harakatlarni amalga oshira olishga qodirligini namoyish qildi.

Aslida bu sifatlarning bari Abbosda bor edi, endi ularni qo‘llash va ko‘rsatish payti keldi. Avval Fayzullaev raqobatchisiz o‘ynardi, hozir tarkibga kirish uchun raqobat juda yuqori. Buni uddalasa, futbolchi sifatida yanada kuchaygan bo‘ladi.

— Qishda Abbos haqiqatan ham ketishi mumkinmidi?

— Biz buni reja qilmagan edik. “Benfika” bilan aniq transfer masalasi ko‘tarilmagan, faqat muhokama boshlangan edi.

— Fayzullaevga oldinga qadam bosish davri qachon keladi?

— Yaqinlashib kelayotgan yozda. Biroq bu kelajak borasida bizning o‘y-xayollarimiz xolos. Biz yozda aniq ketamiz, degan qaror chiqarmaganmiz, hammasi TsSKAga, xaridorga va hamma  tomonlarning kelishuviga bog‘liq.

— Fayzullaevga “Bavariya” qiziqqan edi, shunaqa qiziqishlar hali ham o‘z kuchidami?

— Juda ko‘p. Biroq bular hali muzokara darajasiga ko‘tarilmagan. Klublar nomini aytmayman, buni to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddaman. Lekin bu faqat top-liga!

Abbos —arzonbaho futbolchi emas, uning darajasi keyingi qadamni tashlash uchun juda jiddiy munosabatlarni talab qiladi.

— Hozirgi sharoitda, TsSKa pul evaziga qanday qilib o‘yinchini Evropaga transfer qilishi mumkin?

— Bu juda qiyin masala. Vaziyat murakkab – TsSKA sanktsiyalar ro‘yxatida, banklarda klub nomiga belgi qo‘yilgan, atrofda axboriy shov-shuv katta. Ammo bunaqa qiyinchiliklarga qaramay, transferni amalga oshirish imkoni bor.  Biz bridge-liga, ya’ni Abbos Evropaga yo‘l olishidan oldin muayyan muddat boshqa chempionatga o‘tib turish variantini ham nazarda tutib turibmiz.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgust oyida TsSKA jamoasiga ko‘chib o‘tdi va qisqa fursatda Rossiya Premer-ligasining eng yorqin iste’dodlari qatoriga qo‘shildi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz hozirga qadar “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 21 ta assist rasmiylashtirdi. Bu muvaffaqiyatlar ortidan Fayzullaevning transfer summasi 8 million evroga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Abbos “Manchester Siti” vakili Abduqodir Husanovdan keyin O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.

Fayzullaevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgan. Sababi aniq...

Gvardiola nega Husanovni o‘ynatmay qo‘ydi?

Husanov “Manchester Siti” tarkibiga kiritilmagani asl sababi aniq bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!