Federiko Kyeza A Seriyaga qaytishi mumkin!
"Liverpul" qanot hujumchisi Federico Kyeza yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin.
"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, "qizillar" 28 yoshli futbolchini taxminan 25 million yevroga sotishga tayyor. Vaziyatni A Seriyaning ikki giganti - "Yuventus" va "Napoli" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Federico 2024 yil avgust oyida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o'tgan, ammo bu mersisaydliklarga ancha arzonga - 12 million yevroga tushgan.
Bu mavsumda futbolchi Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar